Ayni damda maktab oʻquvchilari ham dars jarayonlarida onlayn ishtirok etishmoqda. Ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, sportga jalb etish, jismonan va ruhan chiniqtirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan mahallalarning yoshlari bilan turli toʻgarak mashgʻulotlari olib borilmoqda. Jumladan, “Namuna” va “Yangi turmush” MFYning 10 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida sport mashgʻulotlari oʻtkazildi.