alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ERASMUS+ CAPACITY BUILDING LOYIHASI TAKLIFI KO‘RIB CHIQILDI

11:32 03.02.2022

Erasmus+ Capacity building loyihasi doirasida Respublikamizning bir qator tibbiyot  va mashinasozlik oliy ta’lim muassasalari hamda UNIVAQ group tashkiloti bilan Zoom orqali uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon davlat tibbiyot institutining mutaxassislari ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida mazkur oliy ta’lim muassasalarida Biotibbiyot texniklari tayyorlov o‘quv fakultetlarini tashkil etish borasida takliflar bildirildi. Bu loyiha joriy yilning so‘nggiga qadar mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqiladigan va tasdiqdan o‘tgan holda ERASMUS tashkiloti tomonidan grant ajratiladigan bo‘ldi. Shuningdek, loyiha doirasida institutimizdagi yetakchi soha vakillari Gretsiyaning Afina shahrida tashkillanadigan trening kurslarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tibbiyot sohasi rivoji uchun ilgari surilgan ushbu loyiha hamkor tashkilotlarning mutaxassislarini yanada boy tajribaga ega bo‘lishlari uchun, ayniqsa, sohada malakali kadrlarni yetishtirishda ulkan poydevor bo‘la oladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!