Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga binoan Andijon davlat tibbiyot institutiga akademik va moliyaviy mustaqillik berildi. Shu munosabat bilan institutni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni boshlandi.
Andijon davlat tibbiyot instituti va Yevroosiyo xalqaro akkreditatsiya markazi – ECAQA o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi. Onlayn tarzda olib borilgan mazkur telemuloqotda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov, ta’lim sifati inspeksiyasi rahbari G‘.To‘ychiyev hamda ECAQA markazi bosh direktori S.Sarsenbayeva, direktor o‘rinbosari Faride N. ishtirok etdi.
Muloqot davomida mutaxassislarning institutni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ekspertlarni tayyorlash, kafedra xodimlari ishtirokida seminarlar tashkil etish bo‘yicha standart rejalar ishlab chiqish, indikator va standartlar ko‘rsatkichlarini rivojlantirish borasida takliflari o‘rganib chiqildi va shartnomalar imzolandi.