O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5847-sonli farmoniga asosan Xalqaro aloqalar samaradorligining yangi shakllarini rivojlantirish maqsadida, Andijon davlat tibbiyot instituti Germaniyaning Bremen Universiteti bilan o’zaro hamkorlik shartnomasini imzoladi. Hamkorlik doirasida bir guruh institutimiz talaba va professor-o’qituvchi Yevropaga o’quv va akademik mobillik dasturi bo’yicha safarga tayyorgarlik ko’rishmoqda. Safar mobaynida talabalar va o’qituvchilar Yevropa, xususan Germaniya standartlari asosida amaliyot o’tab, yangi bilimlarga ega bo’lishadi. Ersamus+ bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan mazkur almashinuv dasturlari tez orada Germaniyaning boshqa Oliy ta’lim muassasalari bilan ham yo’lga qo’yilishi kutilmoqda