Anjuman Xorijiy tillar kafedrasi va Oʻzbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi hamkorlikda 2022-yil 10-fevral kuni oʻtkaziladi.
Anjumanda professor-oʻqituvchilar, iqtidorli talabalar ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etishlari mumkin. Anjuman materiallarini toʻplam sifatida chop etish rejalashtirilgan.
Anjuman quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
- Alisher Navoiy ijodiy merosining umumbashariyat maʼnaviy-maʼrifiy taraqiyotidagi oʻrni;
2.Z.M.Bobur ijodi insonni komillikka chorlaydi;
Maqola va tezislarni rasmiylashtirish uchun talablar:
Taqdim etilayotgan maqolalarning hajmi 5 bet va tezislarning hajmi 3 betdan iborat boʻlishi, Microsoft Office Word, Times New Roman, 12 pt shrift, 1,5 intervalda joylashtirilishi, A4 210×97 mm qogʻoz oʻlchamida, yuqori va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm, qoldirilishi talab etiladi. Matn-lotin yoki kirill alifbosida boʻlishi mumkin. Birinchi qator oʻrtada katta qalin harflar bilan maqola yoki tezisning mavzusi, ikkinchi qator oʻrtada muallifning F.I.Sh., uchinchi qator oʻrtadan muallifning ish (oʻqish) joyi, shahar nomi yoziladi. Adabiyotlar roʻyxati maqolaning ohirida keltiriladi. Maqola varaqlari raqamlanmasligi lozim. Taqdim etilayotgan materiallarning imlo qoidalariga, shuningdek, keltirilgan maʼlumotlarning toʻgʻri ekanligiga mualliflarning oʻzlari javobgardir. Maqola va tezislar 2022-yil 10-fevral kuniga qadar (oʻzbek, rus, ingliz tillarida) qogʻoz (ikki nusʼhada) hamda elektron shaklda anjuman tashkiliy qoʻmitasiga taqdim etilishi soʻraladi.
Maʼlumot uchun Xorijiy tillar kafedrasi. M.X. Budikovaga murojaat qilishingiz mumkin. Tel: +99891 621-86-96.