Yoshlar uchun
#beshinchiimkoniyat
Soliq kodeksining 378-moddasi, 16-bandiga binoan (https://t.me/soliqnews/4914), kontrakt to‘lovini ish haqi yoki boshqa daromadlardan amalga oshirgan shaxslarning daromadi soliqqa tortilmaydi.
Mazkur imkoniyatdan 26 yoshga to‘lmagan farzandlari to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan ota-onalar, 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘i shartnoma asosida o‘qiydigan shaxslar va yoshidan qatʼiy nazar daromad oluvchi (rasman ishlayotgan) talabalar foydalanishlari mumkin.
Ushbu imkoniyat o‘z mablag‘lari, jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari va yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lar (ssudalar) hisobidan o‘qish uchun to‘lov amalga oshirilganda taqdim etiladi.
Batafsil ma’lumotni https://yoshlarportali.uz/oz portali orqali mana bu havola (https://yoshlarportali.uz/oz/opportunities/122) orqali yoki Davlat soliq qo‘mitasining 1198 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali bilib olishingiz mumkin. Bu imkoniyatning huquqiy asosi bilan ushbu havola (https://lex.uz/ru/docs/4674902#4687278)orqali tanishishingiz mumkin.
Hisoblaymiz. Masalan, hali 26 yoshga to‘lmagan talabaning yillik to‘lov-kontrakti miqdori 10 mln so‘m. Uning otasi 5 mln so‘m oylik olsa va shu oyligidan farzandiga kontrakt to‘lasa, undan daromad solig‘i (12 foiz yoki 600 ming so‘m) olinmaydi. Shunda bu talabaning otasi 10 mln so‘m kontrakt to‘lasa, 1 200 000 so‘m yutadi.
Albatta, bu to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga, ularning ota-onalariga biroz bo‘lsa-da qo‘llab-quvvatlov bo‘ladi, degan umiddamiz. Ota-onalar, talaba-yoshlar, kontrakt to‘layotganda mazkur imkoniyatdan foydalanganmisiz?