Shifokorlarning libosi, ayniqsa qizlarga juda yarashadi. Oq xalat kiygan, muloyimlik bilan boqib turgan koʻzlar bemorlarning dardiga davo boʻlishni chin dildan xohlaydi. Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan imtiyoz asosida Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi boʻlgan qizlarimizning holidan xabar olindi. Kengash raisi G.Xolmatova Xotin-qizlar masalalari bo’yicha yo’nalish mas’ullari bilan birgalikda qizlar bilan uchrashib, ularning sharoitlari bilan tanishishdi.
Qizlarga institutimizda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, xususan xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, tashkil etilgan toʻgaraklarda onlayn ishtirok etish ham yoʻlga qoʻyilganligi borasida maʼlumot berildi. Shuningdek, ularga shifokorlik libosi taqdim etildi.