alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“HOMILADORLIKDA COVID VA UNI DAVOLASHNING SAMARALI USULLARI” MAVZUSIDAGI ILK MA’RUZA BO‘LIB O‘TDI

15:20 07.02.2022

Avval xabar berganimizdek, Pokistondagi Benazir tibbiyot instituti professori, akusher-ginekolog Dr Saima Parveen Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari uchun onlayn darslarini olib borishni boshladi.

“Homiladorlikda Covid va uni davolashning samarali usullari” mavzusidagi ilk seminarda 1-akusherlik-ginekologiya kafedrasi xodimlari, xorijiy fakultet talabalari ishtirok etishdi. Ma’ruza davomida koronavirus kasalligiga chalingan homilador ayollarni jahon standartlari asosida davolash usullari borasida so‘z bordi.

Shuningdek, mavzu borasida hamkasblar o‘rtasida fikrlar almashildi va taklif-mulohazalar bildirildi. O‘z o‘rnida talabalar ham qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan kerakli javob oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!