Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 581 YILLIGI MUNOSIB NISHONLANDI

16:32 09.02.2022

Buyuk mutaffakkir Mir Alisher Navoiy asarlari va g‘azallarida chin insoniylik fazilatlari, komil inson xarakteri, mehr-muhabbat o‘ta ta’sirchanlik ohangida tarannum etiladi. Inson Navoiyni anglar ekan, avvalo o‘zligi namoyon bo‘ladi, hayotda faqat yaxshilikka intilib yashaydi.

Andijon davlat tibbiyot institutida Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlab tadbir kechasi tashkil etildi.

Tadbir avvali tantana bilan boshlandi.  MDH qoshidagi baynalminal jangchilari qo‘mitasining  xalqaro ishlar bo‘yicha bo‘limi tomonidan institut rektori M.Madazimov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov hamda Stomotologiya fakulteti dekani D.To‘lanov “Tibbiyotdagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shundan so‘ng tadbirni rektor M.Madazimov ochib berdi va allomamizning bizga qoldirgan ilmiy-adabiy merosi, o‘z davrida musiqa, bunyodkorlik sohalarining rivoji uchun qilgan sa’y-haraktlari borasida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir chin ma’noda she’riyat kechasiga aylandi. Iqtidorli talabalar tomonidan shoir qalamiga mansub g‘azallar, ruboiylar yod aytildi. Ayniqsa, bizga tanish bo‘lgan Navoiy va Guli monologi ishtirokchilarning qalbiga surur va hayajon sola oldi. Go‘yo bog‘ aro Navoiy va Guli obrazi namoyon bo‘ldi.

 

7 yoshli Nizomiddin Mir Alisher buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan. 7-8 yoshlaridan boshlab g‘azallar yoza boshlagan. U «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni olgan. Unvon Navoiyga davlatning barcha ishlariga aralashish huquqini bergan. Bu kabi sifatlar mujassam bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘plab keltirish mumkin. Navoiy haqida qancha bilsak shuncha kam. Talabalarning  bu boradagi bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Navoiyni anglab…” kichik viktrina o‘tkazildi. Shunisi qiziqki, tibbiyot sohasida ta’lim olayotgan talabalar adabiyotda ham ilg‘or ekanliklarini namoyon eta olishdi. Faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Barcha tadbirlarda sho‘x kuy-qo‘shiqlar bilan dillarga xush kayfiyat ulashadigan “Yosh gitarachilar” jamoasi bu gal “O‘xshamas” radifli g‘azali bilan mahorat ko‘rsatdilar. Shundan so‘ng g‘allarga bastalangan mumtoz qo‘shiqlar gultastasi davom etdi.

Tadbir yakunida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov hamda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining katta o‘qituvchisi M.Qo‘ziboyeva Alisher Navoiy asarlarining bugungi kundagi ahamiyati, yoshlar ta’lim-tarbiyasida  tutgan o‘rni borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!