Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ABDUQODIR ARZIBEKOVGA BAG’ISHLANGAN QADRLASH KECHASI

14:13 11.02.2022

Abduqodir Arzibekov  tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent ilmiy unvoniga ega. Shu kungacha ustoz olim 26 ta o‘quv qo‘llanma,  200 dan ortiq maqola va tezislar, ratsionalizatorlik takliflarining muallifi. Shuningdek, o‘ndan ortiq magistrlarning ilmiy rahbari.

Bugungi kunda Andijon viloyati pediatrlarining yetuk sardori, ilmiy rahbari va ko‘plab bilimga chanqoq talabalarning sevimli ustozi sifatida mazmunli va maqsadli faoliyat olib bormoqda.

1993-yili bolalar nefrologiyasining yechilmagan muammosiga bag‘ishlangan «Qalqonsimon bezi funksiyasi buzilgan bolalarda glomerulonefritning hususiyatlari» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasiga qarashli  Pediatriya ilmiy-tekshirish instituti bilan hamkorlikda bajarib, Moskva shahrida  muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Tajribali shifokor sifatida viloyat pediatrlar ilmiy jamiyatining a’zosi sifatida faol ish olib borish bilan birga, 2005-yildan buyon jamoatchilik asosida Andijon davlat tibbiyot instituti Murabbiylar kengashiga rahbarlik qilmoqda.

Mana shunday bag‘rikeng va izlanuvchan ustozning har qadami bugungi talabalar uchun o‘rnak bo‘la oladi. Talabalar turar joyida Pediatriya kafedrasining dotsenti A.Arzibekov ishtirokida qadrlash kechasi o‘tkazildi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, kafedra xodimlari ustozning kasbiy faoliyati, insoniylik fazilatlari borasida ma’lumot berdilar. Shu o‘rinda ustoz o‘zining ilmiy ishlari to‘g‘risida so‘zlab, talabalarning savollariga batafsil javob berdi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!