alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“BIR ASRNING IKKI DAHOSI” ADABIY-BADIIY KECHA O‘TKAZILDI

16:09 11.02.2022

“Boburnoma” – Boburning tarixiy asaridir. Asar haqli ravishda “turkiy nasrning eng yaxshi asari” deb nomlangan. Ushbu kitob tarixiy yozuvlarning qisqa ma’lumoti emas. Asarda Boburning faoliyati, uning muvaffaqiyatli va muvaffaqiyasiz harbiy yurishlari, boy sarguzasht hayotining barcha voqealari tasvirlangan. Bugungi kunga qadar “Boburnoma” dunyoning 31 tiliga tarjima qilingan. Bunday qiziqarli faktlarni ko‘plab keltirish mumkin. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z Vatani uchun bir necha bor kurashgan, yurt qadrini bilgan, har satrida o‘zbek hissi ufurib turgan nodir shaxs edi.

Andijon davlat tibbiyot instituti hamda O‘zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi bilan hamkorlikda “Bir arning ikki dahosi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, partiyaning viloyat kengashi raisi o‘rinbosari M.Musayeva hamda Zoom platformasi orqali partiyaning respublika siyosiy kengashi raisi o‘rinbosari A.Rahmonov hamda viloyatlar kengashi faollari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar bobokalonlarimiz Nizomiddin Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, ularning avlodlarga qoldirgan ilmiy-adabiy merosi, asarlarida tarannum etilgan chin insoniylik fazilatlari borasida fikr-mulohazalar bildirdilar.

Kechaga Pediatriya fakultetining iqtidorli talabalari katta tayyorgarlik ko‘rishibdi. Allomalarimizning g‘azal va ruboiylari ular tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Ayniqsa, Bobur g‘azaliga bastalangan qo‘shiqlar barchaning taxsiniga sazovor bo‘ldi.

Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar” asarida Bobur hayotining tarixi jonlangan go‘yo. Talabalar tomonidan ijro etilgan Bobur va uning singlisi Xonzodabegim suhbati tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Tadbir yakunida yigit-qizlarga partiya viloyat kengashining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!