alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SHAHRIXONDA TIBBIY-KOʻRIK VA TARGʻIBOT TADBIRLARI

19:14 11.02.2022

Aholi salomatligini mustahkamlash va tibbiy madaniyatni shakllantirish maqsadida tashkillanayotgan Andijon davlat tibbiyot instituti yetakchi mutaxassislarining navbatdagi tibbiy-koʻrik tadbiri va “Yosh volontyorlar”ning targʻibot dasturlari Shahrixon tumanidagi 66-Oilaviy poliklinikasiga qarashli “Yuzlar” MFYda oʻtkazildi. Tadbirda 14 xil mutaxassisliklardan iborat institutning 16 nafar professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi. Mahalla aholisining 589 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularga kerakli yordam va maslahatlar berildi. Tadbir davomida Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri Sh.Yusupova mahalliy tibbiyot xodimlariga “Qandli diabet” kasalligini skrining tekshiruvi oʻtkazish boʻyicha mahorat darsi oʻtkazib berdi.

Shuningdek, “Yosh volontyorlar” tomonidan shoshilinch holatlarda birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Talabalar “Yuzlar” va “Qopcha qoʻrgʻon” MFYlaridagi xonadonlarda boʻlib, sogʻlom turmush tarzi, toʻgʻri ovqatlanish, gigiyena qoidalariga amal qilish, vaksinatsiya jarayonlarida faol ishtirok etish mavzularida aholi bilan suhbat olib bordilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!