Andijon davlat tibbiyot institutida “Kardiologiya”, “Akusher-ginekologiya”, “Endokrinologiya”, “Umumiy xirrurgiya” mutaxassisliklari boʻyicha 3-kurs klinik ordinatorlarga davlat attestatsiyasi boʻlib oʻtdi.
44 nafar bitiruvchi talaba 2 bosqichda: onlayn test sinovlari va klinik imtixonini topshirdilar. Imtixonlarni institutning yetakchi mutaxassislari tomonidan oʻtkazildi va sinovlarning adolatli tarzda olib borilishi uchun viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasining bir qator masʼul xodimlari biriktirildi.
Sinovlardan oʻtgan talabalarga klinik ordinaturani bitirganlik haqidagi guvohnomalar topshirildi. Ular Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari Sogʻliqni saqlash boshqarmalariga mutaxassisliklari boʻyicha faoliyat olib borishlari uchun yuborildi.