alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BOBURXONLIK KECHASI IJOD BAYRAMIGA AYLANIB KETDI

12:08 14.02.2022

BOBURXONLIK KECHASI IJOD BAYRAMIGA AYLANIB KETDI

Kelajakda yetuk shifokor bo‘lishni niyat qilgan talabalarimiz buyuk allomalarimizning tavallud topgan kunlari munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarda adabiyot ixlosmandi ekanliklarini namoyish etishmoqda. Quvonarlisi, mazkur tadbirlarda tyutorimiz ham faol ishtirok etmoqda.

Bu gal Davolash fakulteti xodimlari va talabalari tashabbusni qo‘lga olishdi. Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab “G‘azallarda olam-olam tarbiya” mavzusida adabiy-badiiy kecha viloyat Musiqali drama va komedia teatri hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova so‘z olib, Boburning hayoti, Vatan sog‘inchiga yo‘g‘rilgan ijodi, benazir asarlari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Shoirning g‘azallari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari va institutimiz tyutorlari tomonidan o‘qildi. Viloyat Musiqali drama va komedia teatri aktyorlarining sahna ko‘rinishidan ilhom olgan talabalarimiz ham o‘z iste’dodlarini ko‘rsatdilar. Sahna jonli tarixga aylangandek bo‘ldi.

Dutorchi qizlar ham tadbirga sho‘x kuylari bilan fayz kiritdilar, g‘azallarga bastalangan qo‘shiqlar ham maromiga yetkazib ijro etildi.

Boburxonlik kechasi ijod bayramiga aylanib ketdi. O‘z sohasining mutaxassislari qatori bizning talabalar ham san’at va adabiyot bobida qolishmasliklarini ko‘rsata olishdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!