alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SHOH VA SHOIRGA EHTIROM – KELAJAKKA EʼTIBOR NAMUNASI BOʻLDI

17:16 14.02.2022

Buyuk bobolarimizga ehtirom koʻrsatish, ularning adabiy-madaniy merosini asrab-avaylash farzandlik burchimiz. Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi viloyatimiz boʻylab keng nishonlanmoqda. Bobur haykali qad rostlagan hiyobon barcha sheʼriyat ixlosmandlarini jamladi. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlari va talabalari ham munosib ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, davlat arbobi, yetuk shoir, sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisining hayoti va ijodiga toʻxtalib, u qoldirgan asarlarda tarbiya va odob-ahloq asosiy nuqtaga olib chiqilganligini eʼtirof etdilar.  Shoirlar, oʻquvchilar, talabalar tomonidan gʻazallar va ruboiylar oʻqildi.

Barcha tashkilotlar, xususan, institutimiz jamoasi tomonidan ham shoh va shoirga ehtirom koʻrsatib, uning poyiga gulchambarlar qoʻyildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!