alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ILHOM” MUKOFOTI SOHIBIGA AYLANING VA “SPARK” AVTOMOBILI EGASI BO‘LING!

11:58 15.02.2022

Adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishingiz ortidan “Spark” avtomobiliga erishish qanday yaxshi! Pul mukofoti ham zarar qilmaydi, ayniqsa, talaba uchun. Faqat yashirin iste’dodingizni namoyon etsangiz bo‘ldi. Mukofotga loyiq bo‘lish esa eng  yuqori natija…

Oliy ta’lim muassasalarida shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganishni samarali tashkil etish, yoshlarning adabiyotga qiziqishini yanada oshirish, ularni kitob o‘qishga da’vat etish va shu asosda ularning qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Ilhom” mukofotiga tanlov o‘tkazilmoqda.

Mukofot shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy ta’lim muassasalarida taxsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.

Tanlov ikki – dastlabki saralash va asosiy tanlov bosqichlarida o‘tkaziladi. Dastlabki saralash bosqichida nomzodlar oliy ta’lim muassasasi miqyosida test savollari orqali saralanadi. Eng yuqori ball to‘plagan uch nafar g‘oliblar asosiy tanlov bosqichiga yuboriladi.

Asosiy tanlov bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar quyidagicha taqdirlanadi:

1-o‘rin uchun – maxsus diplom va statuetka, “Spark” avtomobili;

2-o‘rin uchun – maxsus diplom va statuetka, 30 million so‘m pul mukofoti;

3-o‘rin uchun – maxsus diplom va statuetka, 15 million so‘m pul mukofoti.

Taqdirlash marosimi “Katta adabiyot bayrami” haftaligida o‘tkaziladi.

Hurmatli, Andijon davlat tibbiyot institutining talabalari! Sizda mazkur mukofot sohibi bo‘lish istagi paydo bo‘lgan bo‘lsa, Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!