Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QO‘LLAB-QUVVATLASH talaba qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishida muhim omil bo‘lyapti

13:39 15.02.2022

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish asosiy masalalardan biridir.

Oliygohimizda 70 dan ziyod  ilmiy, kasbiy, ijtimoiy to‘garaklar, ijodiy markazlar ish olib bormoqda. Bularning barchasi gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Talaba qizlarning  o‘zini o‘zi boshqarish, kasbga va xunarga yetaklash, oilaga tayyorlovchi ko‘p tarmoqli  “Qizlarjon” klubi faoliyat yuritmoqda. Ingliz, rus tili, notiqlik san’ati, yosh olima qizlar, chevarlik, pazandalik, to‘quvchilik  to‘garaklarida o‘z bilimlarini tengdoshlariga o‘rtoqlashib, fikr almashishmoqda.

Talabalar  turar joyida  har  payshanba  “Qizlar  kuni” deb belgilangan. Sog‘lom avlodni tarbiyalashda keksa yoshdagi soha mutahassislarning boy kasbiy va hayotiy tajribasi, ezgu an’analaridan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.  “Ibrat maktabining muallimlari”, “Mehnat bilan obro‘ topganlar kabi mavzularda  muloqotlar o‘tkazilmoqda. Pandemiya sharoitida ham bo‘sh vaqtlarini nazorat etish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar orqali suhbatlar olib borildi.

Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar bilan ishlash masalasi ham faoliyatimizning asosiy vazifalaridan biri. Ularga muntazam   ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatib, manzilli qo‘llab-quvvatlab boryapmiz. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ota-onasi yoki uning biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy talim olishini moddiy jihatdan qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida viloyat xokimligi tomonidan 17, institutimiz tomonidan 46 nafar talaba qizlarni shartnoma pullari tulab berildi.

Taraqqiyot strategiyasida xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish ham kun tartibiga qo‘yildi. Ayni shu sohada kadrlar tayyorlash vazifasini bajarayotgan ekanmiz, ishimizga yanada mas’uliyatli bo‘lmog‘imiz darkor.

Bularning barchasi  ayol, ona muqaddasligining, ularga e’tibor qaratish jamiyatga e’tibor ekanligiining amaldagi ifodasidir.

 

Gulhayo XOLMATOVA,

Andijon davlat tibbiyot instituti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi

 

 

Skip to content Click to listen highlighted text!