alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PAXTAOBODDA TIBBIY-KOʻRIK OʻTKAZILDI

20:37 21.02.2022

Andijon davlat tibbiyot institutining professor-oʻqituvchilari talabalarga dars berish barobarida malakali shifokor sifatida aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatmoqdalar. Ularning eng chekka xududlarda olib borayotgan chuqurlashtirilgan tibbiy-koʻrik tadbirlari fuqarolarimizning uzogʻini yaqin qilmoqda. Navbatdagi tadbir Paxtaobod tumani Uygʻur MFYdagi 2-son kasb-hunar maktabida tashkil etildi. Unda institutning 16 nafar malakali mutaxassislari 314 nafar mahalla aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy-koʻrikdan oʻtkazdilar va kerakli maslahatlar berdilar. Tekshiruv davomida sogʻligida muammosi boʻlgan 9 nafar fuqaroga viloyat davolash muassasalariga va 14 nafariga tuman tibbiyot birlashmasiga davolanish uchun yoʻllanmalar berildi. Uyida koʻrishga muxtoj boʻlgan 5 nafar bemorlarga joylarida tibbiy xizmat koʻrsatildi.

Shuningdek, tadbir davomida oftalmologik xizmatni malakali amalga oshirish maqsadida viloyat koʻz kasalliklari dispanserining koʻchma “Mobil oftolmologik klinika” avtobusi va koʻchma rentgen avtomashinasida klinik tekshiruvlar amalga oshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!