Andijon davlat tibbiyot instituti Tibbiy kimyo, Pedagogika, Oʻzbek tili va adabiyoti, Tibbiy biologiya, Ijtimoiy gumanitar fanlari kafedralarining professor-oʻqituvchilari institutga biriktirilgan Izboskan tumanidagi 33-, 47-, 50-, Qoʻrgʻontepa tumanidagi 8-, Xoʻjaobod tumanidagi 26-, va Ulugʻnor tumanidagi 23-umumtaʼlim maktablari bilan Hamkorlik memorandumi rejalariga muvofiq amaliy faoliyat olib borilmoqda. Joriy yilning 23-fevral kuni mazkur maktablarning barchasida turli tadbirlar tashkil etildi.
Ulugʻnor tumanidagi 23-umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar, maktab oʻqituvchilari va ota – onalar ishtirokida kasbga yoʻnaltirish va kelgusidagi faoliyat boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi. Kimyo, Biologiya, Tarix, Ona tili va adabiyoti fanlaridan oʻquv maʼruzalari boʻlib oʻtdi. Qoʻrgʻontepa tumanidagi 8-umumtaʼlim maktabida bitiruvchi sinf oʻquvchilarini Oliy taʼlimga yoʻnaltirish boʻyicha “Tayyorlov kurslari” mashgʻulotlari tashkil qilindi. Izboskan tumanidagi 33-, 50-umumtaʼlim maktablarida esa oʻquvchilar va oʻqituvchilar ishtirokida institut pedagoglari tomonidan “ Mahorat darslari” olib borildi.