alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MARHAMATDA HARBIY SPORT MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

17:57 25.02.2022

Andijon davlat tibbiyot institutiga Marhamat va Asaka tumanlari biriktirilgan. Shu boisdan tuman yoshlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish, vatanparvarlik ruhida ulgʻaytirish maqsadida bir qator tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Marhamat tumanidagi 2-kasb-hunar maktabida boʻlib oʻtdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti, tuman hokimligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda tuman oʻquvchilari ishtirok etdi.

Tanlov avvalida soʻz olgan Davolash fakultetining dekan oʻrinbosari M.Oʻlmasov 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasida yoshlarni sportga jalb etish, ularni qoʻllab-quvvatlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish borasida amalga oshirilayotgan samarali ishlar, institut miqyosida ham turli sport tadbirlari muntazam tashkil etilayotganiligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

2-son kasb-hunar maktabining ikki jamoasi, 22-IDUM, 2-, 11-, 14-, 32-umumtaʼlim maktablarining jamoalari harbiy sport musobaqalarida oʻzaro bellashdilar.

Dastlabki shart oʻqotar qurolini qismlarga ajratish va yigʻish boʻldi. Unda tartib-qoidalarga amal qilgan yigit va qizlar tezkorlik bilan amallarni bajardilar. Safda yurish mashqini mohirona ado etgan oʻquvchilarda qaʼiyatlilik aks etdi goʻyo. Arqon tortish, estofeta musobaqalarida jamoa boʻlib kurashgan boʻlsalar, granata uloqtirish, yengil atletika shartlarida esa guruh sardorlari oʻzaro bellashdilar.

Shiddat va chaqqonlikda yigitlar qatori qizlar ham qolishishmadi. Harbiy boʻlib, yurt xizmatiga bel bogʻlaganliklari shundoqqina koʻrinib turdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, 1-oʻrin 2-son kasb-hunar maktabiga, 2-oʻrin 32-umumtaʼlim maktabi jamoasiga, 3-oʻrin esa 22-IDUM jamoasiga nasib etdi. Gʻolib jamoalar Andijon davlat tibbiyot institutining diplom hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!