Andijon davlat tibbiyot instituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining 20 nafar professor-oʻqituvchilari Xoʻjaobod tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi Ibn Sino OShPga qarashli “Qurama” MFYda tibbiy-koʻrik tashkil etdilar. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan 240 nafar aholi (shulardan 0-18 yoshgacha boʻlgan bolalar) chuqurlashtirilgan tibbiy-koʻrikdan oʻtkazildi.
Tekshiruv chogʻida 80 nafar bemor aniqlanib, 70 nafari ambulator davolanishga, 10 nafari statsionar davolanishga yoʻnaltirildi.