Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus. Bu yoshlarning yashirin iqtidorini ham yuzaga chiqarishda qoʻl kelmoqda. Pediatriya fakulteti dekanati xodimlari va talabalari ishtirokida tadbirlar tashkil etildi.
Talabalar turar joyida talabalar va xodimlar oʻrtasida mini futbol sport turi boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazildi. Unda har ikki jamoa shiddatli toʻp surdilar. Bellashuvda baribir 3:2 hisobida yoshlarning qoʻli baland keldi. Oʻyin davomida trenajor zalida esa talabalar turli mashqlar va stol tennisi bilan jismoniy chiniqdilar. Xodimlar esa shaxmat-shashka o’yinlarida aqliy mashqlarini yanada mustahkamladilar.
Talabalar tomonidan chalingan turli taronalar musavvir qizlarimizga ilhom bagʻishladi. Chevar qizlarimiz esa qoʻl mehnatlari bilan mashgʻul boʻldilar. Kompyuter texnologiyalarini mukammal bilishni niyat qilgan talabalar ustozlaridan saboq oldilar.
Yana bir kun behuda oʻtmadi. Talabalar oʻz ustilarida ishlab, bilimlarini yanada boyitdilar.