alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YOSHLAR YETAKCHILARIGA INSTITUT HAM KOʻMAKDOSH

22:56 25.02.2022

Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan har bir mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi. Unga koʻra, endi mahallalardagi har bir yosh eʼtibordan chetda qolmaydi. Ularning ijtimoiy faolligi oshirilib, iqtidori va tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanadi.

Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Marhamat tumanida institut rektori M.Madazimov boshchiligida Yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda Yoshlar yetakchilarining bugungi kundagi ish faoliyatlari, mahalla yoshlari bilan olib borayotgan ishlari, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va muammolarini oʻrganishda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi borasida suhbat olib borildi. Ayniqsa, bu borada Andijon davlat tibbiyot instituti bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatish, iqtidorli talabalar bilan turli tadbirlar oʻtkazish, institutda tashkil etilgan toʻgaraklarga jalb etish haqida fikrlar almashildi.

Shuningdek, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov tumandagi mahalla fuqarolar yigʻini faollari bilan ham uchrashib, yoshlar bilan ishlashda institut bilan hamkorlikda ish olib borish boʻyicha oʻz taklif-mulohazalarini bildirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!