MARHAMAT TUMANI YOSHLAR YETAKCHILARI BILAN SUHBAT DAVOM ETMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MARHAMAT TUMANI YOSHLAR YETAKCHILARI BILAN SUHBAT DAVOM ETMOQDA

21:42 26.02.2022

Maʼlumki, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar  boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov boshchiligida Marhamat tumani MFYlarida faoliyat olib borayotgan Yoshlar yetakchilari bilan suhbat olib borilmoqda. Bu galgi manzil “Polvontosh”, “Konchilar”, “Uvaysiy”, “Doʻstlik”, “Birlik”, “Nayman”, “Yangi hayot”, “Chilon” MFYlari boʻldi.

Suhbat davomida mahalla yetakchilarining faoliyati, taklif va muammolari oʻrganildi. Mahalla imkoniyatlari, mavjud yoshlar obʼyektlari asosida kunlik, haftalik va oylik ish rejalarini ishlab chiqish, koʻmakchi sifatida koʻcha sardorlarini tayinlash, ular bilan ishlash tizimini yoʻlga qoʻyish, “Yoshlar balansi”ni shakllantirish va maʼlumotlarni “Yoshlar daftari”, “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishda turli tadbirlarni o’tkazish kabi taklif va koʻrsatmalar berildi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!