alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XIRURGIYA MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA MALAKAVIY IMTIHON O‘TKAZILDI

15:31 28.02.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan va  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-iyunda 2764-1 raqam bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti Kengashlar zalida “Xirurgiya” mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy imtihon o‘tkazildi.

Imtihon komissiyasiga B.Abdullajonov raislik qildi. Imtihon hay’at a’zolari rais o‘rinbosari, professor G.Xodjimatov, t.f.d., dotsentlar D.Xakimov va A.Qosimov hamda PhD M.Nosirov bo‘ldi.

Imtihon shartlariga ko‘ra savollar papkasi barchaning guvohligida ochildi va talabgorlar imtihon biletlarini tanlab olishdi.

Imtihonda 6 nafar  falsafa doktorlik dissertatsiyalarni bajariyotgan talabgorlar  sinovlardan muvaffaqayatli o‘tishdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!