Marhamat tumanida madaniy tadbir tashkil etayotgan talaba-yoshlarimiz qatori Axborot-resurs markazi xodimlari ham faollikni qo‘lga olishdi. “Qoraqo’rg‘on” MFYda Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan “Zulfiyaxonim izidan” mavzusidagi tadbir ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, ARM rahbari M.Ahmedova, faol yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida Zulfiya Isroilova qalamiga mansub she’rlar o‘qildi, bastalangan qo‘shiqlar kuylandi. Shoira Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon hayoti sahnalashtirilgan kichik spektakl markaz xodimlari tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Adabiyot ixlosmandi bo‘lgan mahalla yoshlari ham shoira ijodidan namunalar keltirdilar.