alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QIZLAR CHINDAN ZULFIYAXONIM IZDOSHLARIGA AYLANISHDI

20:21 01.03.2022

Navbahor kuychisi Zulfiyaxonim tavalludi birinchi mart sanasiga toʻgʻri kelganligida ham bir xikmat bor. Nodir rassom, shoira, bir qator Xalqaro va davlat mukofotlari sovrindori Zulfiya Isroilova oʻzbek ayollari uchun sadoqat timsoliga aylangan.

Andijon davlat tibbiyot instituti talaba-qizlari oʻrtasida “Sadoqat kuychisi” shiori ostida tanlov oʻtkazildi. Unda viloyat bosh otinoyisi Sh.Qosimova, institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor K.Salohiddinov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, ARM yetakchi mutaxassisi D.Umrzaqova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi M.Komilova ishtirok etdi.

Tanlov talabalar o‘rtasida shoira Zulfiyaxonim ijodini keng targ‘ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.

Tanlovda institutning fakultet va yo‘nalish talabalaridan iborat jamoalar qatnashdi. Tanlov to‘rt shart asosida o‘tkazildi. “Tanishtiruv” shartida har bir jamoa o‘z fakulteti (yo‘nalishi) tarixini chuqur o‘rganishi va mukammal bilishi hamda she’riy, musiqiy, sahna ko‘rinishlari va taqdimotlarini namoyish etdilar. “Tezkor savol –javob” shartida esa hakamlar hay’ati tomonidan shoiraning hayoti va ijodidan 5 tadan savol berildi. Quvonarlisi, barcha savollar javobsiz qolmadi. Ishtirokchilarning shoira ijodi haqida chuqur oʻrganliklari koʻrinib turdi. “Mushoira” sharti adabiyot ixlosmandlarini befarq qoldirmadi. Ishtirokchilar tomonidan bir qator goʻzal sheʼrlar ifodali oʻqildi.  “Erkin mavzu” sharti esa qizlarimizning aktyorlik mahoratlarini sinovdan oʻtkazdi. Zulfiyaxonim obrazini chiroyli va mohirona ijro eta olgan qizlarga qarsaklar sadosi bilan olqishlandi.

Chindan ham qizlarimiz birgina tibbiyot sohasida emas, adabiyot, sanʼat, tarixni oʻrganish borasida ham chaqqon ekanliklarini koʻrsata oldilar. Hakamlar hayʼatining yakuniy xulosaga kelishi oson kechmadi. Bir-biridan dono va zukko qizlarning chiqishlari taxsinga sazovor boʻldi. Stomatologiya fakultetining “Orasta qizlar” jamoasi 1-oʻrinni, Davolash fakultetining “Vafo malikalari” jamoasi 2-oʻrinni, Pediatriya fakultetining “Zulfiyaxonim izdoshlari” jamoasi esa 3-oʻrinni egalladi. Farmatsiya yoʻnalishining “Bahor chechaklari” jamoasi esa “Eng faol jamoa” nominatsiyasi boʻyicha eʼtirof etildi.

Gʻoliblar institut tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!