Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH AMALDA VA NAZORATDA

11:42 02.03.2022

Ayollarni moddiy va ruhiy, ma’nan va jismonan qo‘llab-quvvatlash  siyosatimizning ustuvor negiziga aylanib kelmoqda. Xususan, kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida bo‘lib o‘tgan  videoselektor yig‘ilishida ham davlatimiz rahbari ayollarni ijtimoiy himoya qilishni tubdan kuchaytirish va bu boradagi yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish vazifasini qo‘ydi. Ayniqsa, ayollarning salomatligini tiklash va ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ham qator tadbirlar amalga oshirilishini bildirdi. Jumladan, 2022-yilda:

– qo‘shimcha 6 ming nafar ayollarga yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatiladi;

– respublika bo‘yicha 10 mingdan ziyod  nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanadi;

– 3 million nafar xotin-qiz onkologik skriningdan o‘tkaziladi;

– 2022-2025-yillarda 227 ta tug‘ruq kompleksi hamda 46 ta tumanlararo perinatal markazlari to‘liq ta’mirlanadi va jihozlanadi;

– 9-12 yoshdagi o‘smir qizlarni odam papillomasi virusiga qarshi emlash va boshqa 12 turdagi vaksinalar uchun 200 milliard so‘m ajratiladi;

– tug‘ish yoshidagi, homilador va bola parvarishidagi ayollarni dori va vitaminlar bilan bepul ta’minlash ko‘lami kengaytirilib, mablag‘lar hajmi 30 milliard so‘mdan 100 milliard so‘mgacha oshiriladi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari ayol-qizlarni ta’lim olishlari uchun keng imkoniyat yaratish uchun ham alohida to‘xtalib o‘tdi. 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash dasturi qabul qilish masalasini o‘rtaga qo‘ydi.

Dastur doirasida yangi o‘quv yilidan boshlab oliygoh, texnikum va kollejlarda o‘qiyotgan qizlarga ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun, ilk marotaba, 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinadi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq budjetdan qoplab beriladi;

– har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;

– har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan 150 nafar qizlarning ta’lim kontrakti mahalliy budjetdan to‘lab beriladi;

– yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit yaratiladi;

– doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!