Marhamat tumanidagi “Sho‘rqaqir” OShPda Andijon davlat tibbiyot institutining 16 nafar malakali mutaxassislari tomonidan aholi o‘rtasida chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rik o‘tkazildi. Unda 623 nafar aholiga kasalliklari bo‘yicha kerakli maslahatlar berildi. 9 nafar fuqaroga viloyat, 16 nafariga esa tuman shifoxonalariga yo’llanmalar berildi. 3 nafar fuqaroga joylarida tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Tibbiy-ko‘rik davomida 76 ta UTT, 65 ta EKG va 165 ta laborator tekshiruvlar o‘tkazildi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish va tibbiy madaniyatini oshirish bo’yicha seminar ham tashkil etildi.