Ayollar go‘zalligi bahorga qiyoslanadi. Nafosat va muhabbat malikalarining bayrami ham ayni navbahorda nishonlanadi.
Axborot-resrus markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Olam go‘zalligi senda mujassam” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda markaz xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda ayollarni madh etuvchi she’rlar, qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi. Ayniqsa, yosh xodimalar tomonidan “Kelin salom” namoyishi milliy urf-odatlarimizni tarannum etdi.
Tadbir so‘nggida barcha xodimalarga bayram sovg‘alari taqdim etildi.