Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentinin tegishli farmoniga binoan 8 Mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan yetti nafar oliy taʼlim fidoiylari mukofotlandi. Ular orasida Andijon davlat tibbiyot institutining farmakologiya, klinik farmakologiya va tibbiyot biotexnologiyalari kafedrasi mudiri Qurbanova Diloromxon Ibragimjon qizi «Sogʻlom turmush» medali bilan taqdirlandi.