Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi

10:24 08.03.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 5 martdagi PQ-155-son qaroriga asosan Andijon davlat tibbiyot institutining 6-bosqich talabasi Zaynobiddinova Durdonabegim Sarvarjon qizi fan yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Zaynobiddinova Durdonabegim Sarvarjon qizi hozirgi kunda tibbiyot sohasining jarrohlik yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Ilmiy izlanishlari natijasida 1 ta patent, 10 ta ratsionalizatorlik takliflari, shuningdek, chet el ilmiy-amaliy jurnallarida 6 ta, respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda 9 ta maqolalar, xalqaro va respublika miqyosda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 15 dan ortiq tezislari chop etilan.

2020 yil Andijon viloyati hokimligi tomonidan joriy qilingan “Hokim stipendiyasi”, 2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 – yil 14 – fevraldagi 52 – sonli buyrug‘iga muvofiq Bakalavriat uchun ta’sis etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan.

 

Andijon tavlat tibbiyot instituti jamoasi nomidan Zaynobiddinova Durdonabegim Sarvarjon qizini mazkur yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz. Uning kelgusidagi o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Skip to content Click to listen highlighted text!