![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2022/03/1-2.jpg)
Andijon davlat tibbiyot institutida “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami doirasidagi madaniy tadbirning navbatdagisi talabalar turar joyida o`tkazildi.
Mazkur tadbirda iqtidorli talabalardan tashkil topgan “Shou brend” jamoasining chiqishlari barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.
Sho`x kuy-qo`shiqlar sadosi ostida talaba-yoshlar mazza qilib raqsga tushdilar. Institutdа talabalarning bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar reja asosida davom etmoqda.