alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PEDIATRIYA VA NEONATOLOGIYA KAFEDRASIDA “QADRLASH” TADBIRI

16:25 09.03.2022

Pediatriya fakulteti xodimlari hamda pediatriya va neonatologiya kafedrasi mudiri, dotsent Barno Baxodirovna Inaqova boshchiligida kafedra dotsenti Nuritdinova Gavhar Tayipovnaga bag‘ishlangan «Qadrlash» tadbiri o‘tkazildi. Unda fakultet dekani o‘rinbosari K.Baydullayev, kafedra xodimlari va talabalar ishtirok etdi.

G.Nuritdinova  ayni damda fakultativ pediatriya va neonatologiya kafedrasi dotsenti bo‘lib faoliyat yuritmoqda. U  1972-yilda pediatriya fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan. U 1988-yilda Bishkek shahrida o‘tkazilgan “Akusherlik – ginekologiya va pediatriya ITI huzuridagi ixtisoslashgan kengashida “Применение новой композиции ферроцерона у детей раннего возраста с железодефицитной анемией” mavzusida  nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy unvoniga ega bo‘ldi. Mehnat faoliyati davrida  bir necha marta Toshkent tibbiyot akademiyasida pedagogik va pediatriya fanidan malakasini oshirgan. Pediatriya va neonatologiya fani bo‘yicha bo‘lgan s’yezd, ilmiy  konferensiya va anjumanlarda faol qatnashgan. Hozirgi vaqtda  dotsent G.Nuritdinova bakalavriyat yo‘nalishi va shifokorlar uchun  21 ta o‘quv qo‘llanma, 2 patent, 150 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 250 dan ortiq ilmiy tezis va maqolalar, 265 dan ortiq tarqatma materiallar, 350 dan ortiq ratsionalizatorlik takliflari muallifi, 7 ta o‘quv qo‘llanma, 1 elektron darslik yaratgan. Shuningdek, 2 ta s’yezd, 6 ta xalqaro kongresslarda ilmiy ishlari bilan  ishtirok etgan. 2015-yili Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan  “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Tadbir davomida ustozning hamkasblari va shogirdlari tomonidan faoliyatiga oid qiziqarli ma’lumotlar, uning insoniylik fazilatlari, boy tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar. Talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!