O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, tibbiyot brigadalarining oilaviy shifokorlarini endokrin va kardiologik kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash, davolash va birlamchi yordam ko‘rsatishga o‘qitish bo‘yicha Andijon davlat tibbit instituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor-o‘qituvchilari Andijon va Namangan viloyatlari oilaviy shifokorlik, oilaviy poliklinika hamda Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda ishlavchi oilaviy shifokorlarni o‘qitmoqdalar.