alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TIBBIY-KOʻRIK NAVBATI JALAQUDUQ TUMANI BOʻLDI

18:56 10.03.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti mutaxassislari tomonidan “Aholiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish va chuqurlashtirilgan tibbiy-koʻrikdan oʻtkazish” tadbiri davom ettirilmoqda.  Jalaquduq tumanida oʻtkazilgan bu galgi tadbirda institutning 16 nafar mutaxassislari ishtirok etdilar. Tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasida tashkillangan koʻrikda aholining 784 nafari tekshiruvdan oʻtdilar va mutaxassislardan maslahat oldilar.

Tadbir davomida sogʻlig’ida muammosi boʻlgan 24 nafar fuqaroga viloyat davolash muassasalariga va 32 nafariga tuman tibbiyot birlashmasiga davolanish uchun yoʻllanmalar berildi. Uyida koʻrishga muxtoj boʻlgan 3 nafar bemorlarga joylarida tibbiy xizmat koʻrsatildi. Shuningdek. tuman aholisiga sogʻlom turmush tarzi va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha tushunchalar berilib, koʻrgazmali bukletlar tarqatildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!