alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YUKSAK MUKOFOT SOHIBALARI MUNOSIB KUTIB OLINDI

15:10 12.03.2022

Andijon davlat tibbit institutiga 2022-yil omadli va muvaffaqiyatli keldi. Bahor ayyomi arafasida Prezidentimiz tomonidan bir qator olima va har sohada ilgʻor ayol va qizlarga yuksak mukofotlar topshirildi. Ular orasida Davolash  fakultetining  kasbiy –taʼlim  yoʻnalishi boʻyicha 6 –kurs  talabasi  Zaynobiddinova Durdonabegim Sarvarbek qizi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan hamda  Klinik  farmakologiya va tibbiy biotexnologiyalari kafedrasi  mudiri, tibbiyot fanlari  nomzodi  Qurbonova  Dilorom   Ibroximjon  qizi “Sogʻlom turmush” medali bilan taqdirlandi.

Hozirda Durdonabegim tibbiyot sohasining jarrohlik yoʻnalishi boʻyicha ilmiy  tadqiqot olib  bormoqda.  Ilmiy   izlanishlar   natijasida 1 ta patent, 10 ta ratsionalizatorlik  takliflari   amalga  oshirildi. Yil avvalida Durdonabegim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga sazovor boʻldi. Dilorom Qurbonova esa 1992-yilda  Andijon davlat tibbiyot  institutini bitirib, shu dargohning  ichki kasalliklar  kafedrasida  oʻz faoliyatini boshlagan. 2002-yildan boshlab viloyat narkologiya  dispanserida oddiy  vrach boʻlib  ishlab, oʻz malakasini oshirdi va 2018-yili  shu dispanser bosh shifokori lavozimiga tayinlandi. Ustozi Salohidddinov Zuxriddin Salohidddinovich  ilmiy rahbarligi  ostida  esa tibbiyot fanlari nomzodligini  yoqladi.

 

 

 

 

 

Bugun Ilmiy kengashlar zalida mukofot sohibalarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Tadbirda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova ishtirok etdi. Institut rektori tabrik davomida Davlatimiz rahbari tomonidan, ayniqsa ayol-qizlarga berilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik, ularni ijtimoiy, maʼnaviy, moddiy qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, Durdonabegim va Dilorom Qurbonovaning tibbiyot sohasi rivoji yoʻlida olib borayotgan faoliyatlari borasida soʻzlab, oʻz ustida izlanayotgan, harakatda boʻlayotgan har bir yosh albatta ragʻbatlanishi, mana shunday eʼtiroflarga sazovor boʻlishini alohida taʼkidlab oʻtdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tadbirda ishtirok etgan mukofot egalarining ota-onalari, ustozlari ham ularning tashabbuskorligi va intilishlari haqida oʻrtoqlashdilar. Soʻz olgan Durdonabegim va Dilorom Qurbonova esa yuksak mukofotni shaxsan Prezidentimiz tomonidan olganliklari, qalb izhorlari va minnatdorliklarini bildirdilar.

Tadbir koʻtarinki ruhda oʻtdi. Talabalar ham mana shunday katta marralarga erishishni niyat qildilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!