alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KOREYA DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI BILAN MEMORANDUM IMZOLANDI

15:36 12.03.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq, har bir oliy taʼlim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari oʻrnatish, oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor pedagogik texnologiyalar, oʻquv dasturlari va oʻquv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, oʻquv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar oʻtkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor taʼlim muassasalaridan yuqori malakali oʻqituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy taʼlim muassasalari magistrant, yosh oʻqituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka oʻtashlarini, professor-oʻqituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda  faol ish olib bormoqda. Joriy yilning 11-12-mart kunlari Andijon davlat tibbiyot instituti  asosiy oʻquv bazasiga Koreya davlat transport universitetining rektori, professor Joonhoon Park, Xalqaro almashinuv markazi dekani, professor Dong Min Shin, Kompyuter va axborot markazi dekani. professor JeongWon Kang, universitet professori Ryum Duck Oh tashrif buyurdi va Andijon davlat tibbiyot instituti qoshida “Parameditsina” yoʻnalishi boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturi asosida fakultet ochish boʻyicha tantanali memorandum imzolash marosimi oʻtkazildi.

Ikki hamkor OTMlar oʻrtasida imzolangan memorandum, nafaqat qoʻshma taʼlim balki tibbiyotning biotexnologiya yoʻnalishini hamkorlik doirasida  rivojlantirish, ikki davlat oʻrtasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, talaba va institut professor oʻqituvchilarini malaka oshirish almashinuv loyihalarini oʻz ichiga oldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!