ESAN YAXUDAYEVGA BAGʻISHLANGAN “QADRLASH” TADBIRI OʻTKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ESAN YAXUDAYEVGA BAGʻISHLANGAN “QADRLASH” TADBIRI OʻTKAZILDI

14:21 14.03.2022

Pediatriya fakulteti xodimlari hamda Bolalar kasalliklari propedevtikasi va poliklinik pediatriya  kafedrasi mudiri, dotsenti M.Abdullayeva boshchiligida kafedra dotsenti Yaxudayev Esan Muzdayevichga bagʻishlangan «Qadrlash» tadbiri oʻtkazildi.

Esan Yaxudayev 1963-1969-yillarda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagach, Xoʻjaobod tuman tibbiyot birlashmasi bolalar shifokori va tuman markaziy kasalxonasining boʻlim mudiri boʻlib ishlagan. 1984-1987-yillarga qadar Andijon davlat tibbiyot instituti 2-bolalar kasalliklari, bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi assistenti, mazkur kafedra dotsenti boʻlib, 2012-2018-yillarda Buloqboshi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinika shifokori boʻlib faoliyat olib borgan. 2018-yildan buyon institutda bolalar kasalliklari propedevtikasi va poliklinik kafedrasi assistenti hamda kafedra dotsenti boʻlib ishlab kelmoqda.

“Qadrlash” tadbirida fakultet dekani oʻrinbosari K.Baydullayev va kafedraning professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi. Tadbir davomida ustozning hayoti va faoliyati, tibbiyot sohasida olib borgan bir qator ilmiy izlanishlari borasida fikrlar almashildi. Ustoz ham oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.

Skip to content