alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ENG YOSH FARMAKOLOGLAR KUBOGI” “ALFA” JAMOASIGA NASIB ETDI

14:22 16.03.2022

“Farmakologiya, klinik farmakologiya va tibbiyot biotexnologiyalari” kafedrasi tomonidan “Nerv tizimiga ta’sir etuvchi dorilar” mavzusiga bag‘ishlangan  “Yоsh farmakologlar”  intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Davolash fakulteti dekani B.Mamatov ochib berdi.

Bellashuvda 3-kurs talabalaridan iborat “ALFA”  va “EAGLE” guruhlari o‘zaro bilimda sinashdilar. Musobaqaning 1-shartiga asosan guruhlar o‘z jamoalarini  tanishtiridilar. 2-shartda esa guruhlarning bilim darajalari sinovdan o‘tkazildi, 3-shartda jamolar tomoshabinlarga mavzuga oid o‘z sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.

Yakuniy natijaga ko’ra,  “ALFA” jamoasi g‘olib, deb topilib, “Eng yosh farmakologlar kubogi”ni  qo‘lga kiritdi va 1-darajali diplom bilan, “EAGLE” jamoasi esa 2-darajali diplom bilan taqdirlandi. Jamolarning barcha a’zolariga faol ishtiroki uchun sertifikat va esdalik sovg‘alari ham topshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!