Bugun Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor K.Salohiddinov, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari, kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Suhbat davomida ishtirokchilarning bugungi kundagi faoliyatlari, ilmiy ishlarining mavzulari, mavzularga boʻlgan yondoshuvlar, chop etilayotgan ilmiy maqolalar sifatiga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, ilmiy ish olib borish jarayonlari davomida qanday yordam kerakligi, dissertatsiyasini oʻz vaqtida yoki avvalroq himoya qilganlar, albatta ragʻbatlantirilishi taʼkidlandi.
Suhbat davomida tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar oʻz taklif-mulohazalarini bildirdilar.