2021/2022-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalari talaba va oʻquvchilar oʻqishi uchun kontrakt miqdorini toʻlashning soʻnggi muddati 2022-yilning 1-aprel sanasi etib belgilandi, deb xabar qildi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi.
Ushbu muddat:
- toʻlov-kontrakt asosida talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;
- toʻlov-kontrakt asosida professional taʼlim muassasalari (texnikum, kollej)ga oʻquvchilikka tavsiya etilganlar;
- tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;
- oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.
Bungacha kontrakt toʻlash muddati 1 martga qadar uzaytirilgan edi.