Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida Xotin-qizlar maslahat kengashi tizimida faoliyat yuritayotgan 28 nafar eng faol Xotin-qizlar maslahat kengashlari raisi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining “Faxriy yorligʻi” hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, ular orasida Andijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Gulhayo Xolmatova ham samarali va halol mehnati hamda oʻz xizmat vazifasiga boʻlgan sadoqati uchun eʼtirof etildi.
Gulhayo Xolmatovaga, kelgusida institutimiz ayol-qizlarini qoʻllab-quvvatlash, gender tengligini taʼminlash, ularga har tomonlama imkoniyatlar yaratishda tashabbus va shijoat tilaymiz!