Andijon davlat tibbiyot institutida Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari X.Mamadjonov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor B.Abdullajonov ishtirok etdi.
Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari X.Mamadjonov talabalarga yengillik yaratish, ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida bank tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilayotgani, ayniqsa, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Xotin-qizlar taʼlimini qoʻllab-quvvatlash doirasida yangi oʻquv yilidan boshlab oʻqiyotgan qizlarga taʼlim kontraktlarini toʻlash uchun, ilk marotaba 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy etilgani, imtiyozli kreditlarni olishning tartib qoidalari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Tadbirda talabalar va professor-oʻqituvchilar tomonidan savollar berildi va mutaxassis mazkur savollarga toʻliq javob berib oʻtdi.