alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QORАSUV SHАHRI АHOLISI TIBBIY-KOʼRIKDАN OʼTKАZILDI

17:48 18.03.2022

Aholi o’rtasida o’tkazilayotgan tibbiy-ko’riklar kasalliklarni erta aniqlash va fuqarolarimizning tibbiy madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Аndijon davlat tibbiyot instituti malakali professor-oʼqituvchilarining navbatdagi tibbiy tadbirlari Qorasuv TTBga qarashli KTMP hamda “Paxtachi” MFY da boʼldi. Unda institutning 16 nafar mutaxassislari ishtirok etishdi.

3 kun davom etgan ko’rikda mutaxassislar tomonidan 1031 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy-koʼrikdan oʼtkazildi va ularga kerakli maslahatlar berildi. Tekshiruv davomida sogʼligida muammosi boʼlgan 21 nafar fuqaroga viloyat davolash muassasalariga va 14 nafariga tuman tibbiyot birlashmasiga davolanish uchun yoʼllanmalar berildi. Uyida koʼrishga muxtoj boʼlgan 4 nafar bemorlarga joylarida tibbiy xizmat koʼrsatildi. Tibbiy-koʼrik davomida 120 ta UTT, 68 ta EKG va 201 ta qon va peshob tahlillari oʼtkazilib, natijalari boʼyicha mutaxassislar tavsiyalari berildi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirok etgan tuman aholisiga sogʼlom turmush tarzi va sogʼlom ovqatlanish boʼyicha tushunchalar berilib, koʼrgazmali bukletlar tarqatildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!