Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

RASMIY MUNOSABAT

10:52 22.03.2022

“Qoraxabar” ijtimoiy tarmogʻida tarqalgan Andijon davlat tibbiyot institutining dekanat xodimlari dam olish kunlari yigʻilishga chaqirilganligi haqida rasmiy munosabat

Navroʻz – yosharish va goʻzallik ayyomi, mehr-oqibat, sahovat bayrami. Ayni damda yurtimizda, insonlar qalbida bayram shukuhi kezmoqda.

Andijon davlat tibbiyot institutida har bayram keksalar, kam taʼminlangan oilalar, faxriy ustozlar holidan xabar olish anʼanaga aylangan. Navroʻz bayrami munosabati bilan ham institutda bir necha yillar samarali faoliyat olib borgan, hozirda keksalik davrini surayotgan ustozlardan xabar olish tadbiri va bayram dasturxoni rejelashtirilgan. Shu munosabat bilan 22-mart kuni dekanat xodimlari koʻngilli ravishda  mazkur tadbirda ishtirok etishlari soʻralgan.

Dam olish kunlari boʻlishiga qaramay, bir guruh dekanat xodimlari hozirda sahovat tadbirida ishtirok etishmoqda. Tadbir tafsilotlari bilan xabarlarimizda oʻrtoqlashamiz.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!