Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar ijrosi boʻyicha Andijon Davlat tibbiyot institutining 6 nafar malakali mutaxassislari Kegeyli tumani aholisiga ixtisoslashgan tibbiy xizmat koʻrsatishmoqda. 74000 nafar tuman aholisining 7200 nafari 3-guruhdagi va 8100 nafari 4-guruhdagi bemorlarni tashkil qiladi. 69-Oilaviy poliklinikada oʻtkazilgan tadbir davomida 3-4-guruhdagi 135 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy-koʻrikdan oʻtkazilib, ularning 6 nafari davolanish uchun tuman shifoxonasiga yotqizildi.
Shuningdek, bir nafar bemorda «oʻtkir qorin» sindromi bilan operativ davo oʻtkazildi hamda bir nafar bemor plastik jarrohlik amaliyoti, bir nafar bemor «Koʻkrak qafasi deformatsiyasi» tashxisi bilan rekonstruktiv amaliyot uchun, 2 nafar bemor bolalar esa jarrohlik amaliyoti uchun yotqizildi.
Institut xodimlarining tumandagi tibbiy xizmati davom etmoqda.