alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YANGI ANDIJON”DA BAHOR SAYLI

16:22 27.03.2022

Yomgʻirli kunlar tin olib, quyosh ham oʻz tarovatini baxsh etmoqda. Mana shunday zavqli kunlarda andijonliklar “Yangi Andijon”da boʻlib oʻtayotgan bahor sayliga oshiqdilar. Mazkur tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

Bayramona bezatilgan dasturxon atrofida institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, dekanlar va ularning oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari, tyutorlar, professor-oʻqituvchilar, faol talabalar jam boʻldilar. Yurtga tinchlik, sihat-salomatlik, fayz-u baraka, moʻl hosillik, yoshlarimizga ulkan zafarlar tilab duolar qilindi. Bir piyola joy ustida dildan suhbat qurildi.

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bayram tadbirimizga tashrif buyurdi. Iqtidorli talabalar ijrosida bahoriy taronalar yangradi. Yallalar, oʻlanlar, laparlar kuylandi. Ayniqsa, “Andijon polkasi” raqsi barchaga manzur boʻldi. “Yosh gitarachilar” jamoasining goʻzal qoʻshiqlari barchani davraga chorladi.

Bayram dasturining yana bir eʼtiborli jihati, saylga kelgan barchaga bahoriy taomlar ulashildi. Saylda xalqimiz xavfsizligi, salomatligi va ozodaligiga kamarbasta boʻlayotgan xizmatchilarga mehmondoʻstlik koʻrsatildi.

Bahoriy goʻzallikdan yanada chiroy ochgan “Yangi Andijon” hamma-hammaga quvonch baxsh etmoqda. Andijonliklarning qalbida hamisha bahor va Navroʻz ayyomi nishonlanmoqda.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!