alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KEGEYLI TUMANIDAGI TIBBIY-KOʻRIK DAVOM ETMOQDA

18:28 28.03.2022

Xabaringiz bor, Andijon davlat tibbiyot institutining 6 nafar mutaxassislari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Kegeyli tumani aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat koʻrsatishmoqda.

Bugun ishchi guruh mutaxassislari tomonidan 45 nafar kardiologik, 38 nafar endokrinologik, 32 nafar otorinoloringologik, 16 nafar xirrurgik, 9 nafar kuygandan keyin chandiq bilan og’rigan bemorlar va 12 nafar xirrurgik xastaligi bor bolalar tibbiy-koʻrikdan oʻtkazilib, ularga kerakli maslahatlar berildi. Malakali shifokorlarimiz tuman sharoitida birinchi marta «Koʻkrak qafasi girdobsimon deformatsiyasi» tashxisi bilan rekonstruktiv torakoplastika va «Kuygandan keyingi oʻng qoʻl bilak va kaft orti chandiqli deformatsiyasi» tashxisi, «Chandiqni kesib olish mahalliy toʻqima plastikasi” operatsiyasini olib bordilar. Shuningdek, operativ davoga muxtoj boʻlgan 2 nafar otorinoloringologik xastaligi bor bemorlar rejali xirrurgik operatsiya uchun yotqizildi.

Institut xodimlarining tumandagi tibbiy xizmati davom etmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!