Andijon davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan Oliy ta’lim muassasalarida korrupsiya holatlarini oldini olish va noqonuniy pul aylanmasi hamda byudjet mablag‘larini talon-taroj qilinishini oldini olish yuzasidan profilaktik tadbir o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda institut bosh auditori, bosh hisobchisi, moliya va rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i, bosh muhandis, xodimlar bo‘limi boshlig‘i, xarid bo‘yicha bosh mutaxassis va boshqalar ishtirok etdi.